QOYILMAQOM JADVAL: XITOYCHA FARZAND KO‘RISH TAQVIMI

QOYILMAQOM JADVAL: XITOYCHA FARZAND KO‘RISH TAQVIMI

128512
7

Istalgan homiladorlik — bu baxtning ziyodaligi, niyatning ijobatidir. O‘g‘ilmi, qizmi — farzand aziz. Lekin har bir ota-ona farzandlari bobida o‘g‘il-qizi joyida bo‘lishini ko‘nglining tubidan xohlaydiki, ba’zida buni oshkor qiladi, ba’zida esa yo‘q. Xullas, ota-ona niyati bilan o‘g‘il-qizga ega bo‘lsin. Bizning tavsiyalarimiz oilada tug‘ilajak farzandning qiz yoki o‘g‘il bo‘lishini kafolatlamaydi, ma’lum ma’noda sabab bo‘lishi mumkin, xolos. Zamonaviy tibbiyotga tayangan izlanishimiz istal- gan onalikka yetishishda ayol va erning ovqatlanish tartibi, turmush tarzi, tug‘ilajak bola salomatligi uchun muhim jihatlar, bu haqda psixolog tavsiyala- rini bayon etadi. Darvoqe, aholi sonining ko‘pligi jihatidan dunyoda birinchi o‘rinda turgan Xitoy tibbiyotchilari muammoni hal qilish uchun tadqiqot o‘tkazishdi va natijada ayol oilada tug‘ilajak farzandning jinsi uchun qaysidir ma’noda sababchi ekanligini aniqlash- di. Bu Xitoy tadqiqotchilarining xulosasi, albatta. Istalgan homiladorlikka yeta olmay, tug‘il- magan bola jinsidan norizo bo‘lib, uni sun’- iy tug‘dirish yoki abort, ya’ni homilani olib tashlash hollari har birimizning ko‘z o‘ngi- mizdagi achchiq haqiqatdir. Aynan shu holatga bizning tavsiyamiz asqotar, degan umiddamiz.

 

Farzand borligi oilalarni mustahkamlovchi vosi- talardan biri ekan, ularning jinsi ham ba’zi ota-o- nalar uchun katta ahamiyat kasb etadi. Quyida kelti- rayotgan taqvimimiz qadimgi xitoylik olimlarning tadqiqot ishlari natijasi bo‘lib, uni mutlaqo to‘g‘ri, ishoning, deyishdan yiroqmiz. Nazarimizga tushgan ushbu taqvimni sizga havola etishdan maqsadimiz, sinab ko‘ring, oila a’zolaringizga tadqiq qiling, avvalo Allohning xohishi, to‘g‘ri chiqsa ajab emas. Fikrlarimiz hukm yoki xulosa emas, takror ta’- kidlaymiz, tavsiya, xolos. Ishonish, ishonmaslik o‘zingizga havola. Siz jadvalga qarab, homilador ayolning o‘g‘il yoki qiz tug‘ishi mumkinligini hisoblab chiqishingiz mum- kin. Yotiq chiziq bo‘yicha ayol kishining 18 dan 45 gacha bo‘lgan yoshi ko‘rsatilgan. Tik chiziq bo‘ylab farzand- ning bo‘yda bo‘lish oylari aks etgan. Bunda X– o‘g‘ilni, O – qizni anglatadi. Misol uchun, agar ayolning yoshi 22 da va bola yanvar oyida (Xitoy oy kalendari bo‘yicha) bo‘yida bo‘lsa, unda qiz ko‘radi. Jadval amaliyotda tekshirib ko‘rilgan va yuksak aniqlikka erishgan. Xato 0,1 foiznigina tashkil etgan.

243 ta ovoz

Ovoz berish:
1 2 3 4 5

SHARE

Komment qoldirish