HAYZ OLDI SINDROMINI YENGISh UCHUN 10 MASLAHAT

HAYZ OLDI SINDROMINI YENGISh UCHUN 10 MASLAHAT

1061
0

Hayz oldi injiqliklarini sezmaydigan baxtiyor ayollar bor. Statistikaga ko‘ra, ular qariyb 20 foizni tashkil etadi. Agar siz ham ular safiga kirsangiz, tabriklaymiz. Qolganlar uchun esa bu davr injiqliklariga qarshi kurashish usullarini havola etamiz. Afsuski, hayz oldi sindromidan butunlay qutulish imkonsiz. Qo‘limizdan keladigani bu yoqimsiz kunlarda organizmimizga yordam berish. Hayz oldi sindromiga qarshi kurashishning aksariyat usullari qanday oziqlanishga ham bog‘liq. Mana, 10 foydali maslahat:
1. Qondagi qandning barqaror darajasini tutib turish uchun tez-tez, kam-kamdan oziqlanish kerak (kuniga 5-6 marta). Bu jizzakilik va quvvatsizlikdan qutulishda yordam beradi.
2. O‘ta sho‘r va juda shirin mahsulotlar iste’molidan qoching. Tuz suv yig‘ib, shish keltirib chiqaradi. Qand miqdori oshib ketganda esa charchoq hissini kuchaytiradi va kayfiyat tez-tez o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.
3. Imkon qadar haftasiga bir necha marta losos, forel yoki tunets yeng. Tunets balig‘i tarkibida omega-3 yog‘ kislotalari bor, ular depressiyani susaytiradi, fikrni jamlashda yordam beradi. Boshqa go‘shtlarni esa (hatto tovuq go‘shtini ham) bu davrda unutib turgan ma’qul.
4. V6 vitaminini qabul qiling (u banan tarkibida ko‘p), shuningdek magniyli preparatlar va magniyga boy mahsulotlar (bodom, pista, loviya)dan iste’mol qiling.
5. Ko‘proq meva-sabzavotlar yeng, giyohli choylar, sharbatlar iching. Bu davrda ayniqsa sabzi va limonli sharbatlar foydali. Qahvadan esa voz kechib turgan ma’qul. Chunki u asabiylikni oshiradi.
6. Ko‘krak og‘rig‘i susayishi uchun A va Ye vitaminlari qabul qiling, o‘simlik yog‘i qo‘shilgan salatlar yeng.
7. Bosh og‘rig‘i, mushaklar zo‘riqishi, holsizlik, og‘riqlardan qutulish uchun yog‘siz sutli mahsulotlardan iste’mol qiling.
8. Stresslardan qochishga harakat qiling.
9. Sport bilan shug‘ullaning. Jismoniy zo‘riqish holatida organizmda mamnunlik va xotirjamlik hissini beradigan endorfin gormoni ishlab chiqarilishi kuchayadi. Shuning uchun hayz oldi sindromi davrida ham sport bilan shug‘ullanishni kanda qilmang (o‘ta holda toyar darajada emas albatta).
10. Bu davrda o‘zingizni bo‘sh qo‘yishingiz oson emas. Lekin bunda nafas gimnastikasi, yoga va meditatsiya ham yordam beradi.

3 ta ovoz

Ovoz berish:
1 2 3 4 5

SHARE

Komment qoldirish