CHAQALOQLARNI ChO"MILTIRISH TARTIBI

CHAQALOQLARNI ChO"MILTIRISH TARTIBI

2918
1

Tug‘ilgan paytidanoq bolalarning aksariyati cho‘milishni yoqtiradi – suv ularga to‘qqiz oy davomida ona qornidagi qulay va yoqimli bo‘lgan vaziyatni eslatadi.

Hamma narsangiz shaymi? Kichkina bolalar vannachasi, tut-qich (yoki uning o‘rniga vanna tubiga sochiq yozib qo‘yish mumkin – bola bunda sirpanib ketmaydi), bir nechta quruq yo‘rgak va yumshoq gigroskopik sochiq, bolalar sovuni (yoki maxsus ko‘pik), bolalar shampuni (bolaning ko‘zini achitmaydigan), loson, bolalar yog‘i, krem, prisipka. Yangi taglik, toza kiyim.

Bola badanini artish, "cho‘milishdan keyingi yumush" va kiyin-tirish uchun quruq tekis yuza, ustiga solingan suv o‘tkazmaydigan gilamcha va toza material.

Haroratni tekshiring. Xona harorati 23-25 daraja bo‘lishi kerak. Suv uchun – 37 daraja atrofida (bilagingizni suvga tushirib, uning haroratini tekshirish oson – suv harorati badan haroratidan bir oz issiq bo‘lsa, yetarli). Bola vannachasidagi suvning chuqurligi 10-15 sm.dan oshmasligi kerak.

Bosqichma-bosqich cho‘miltirish

1. Chaqaloqni cho‘miltirmoqchi bo‘lgan xonani isiting.

2. Chaqaloqni tog‘oraga solishdan oldin ko‘zlarining tashqi burchagidan ichki burchagi tomon iliq suvda namlangan tampon bilan arting, ammo unchalik ichki qismiga kirishlikka harakat qilmang. Har bir quloqni alohida tampon bilan artib yaxshilab quritish kerak.

3. Tog‘oraga 37oS haroratli iliq suvni to‘ldiring.

4. Suv haroratini tirsagingiz bilan yana bir bor o‘lchab ko‘ring.

5. Tog‘oraning sathiga chaqaloq sirpanib ketmasligi uchun toza sochiq solib qo‘ying.

6. Chaqaloqni tog‘oraga soling, boshini qo‘lingizga qo‘yib kaftingiz bilan bo‘ynini ushlab turing (A va B). Chaqaloq boshini bir haftada ikki marotaba shampun bilan yuvish kerak.

7. Chaqaloq badanini sovunlangan qo‘lqop bilan yuving. Kindigini suvda uzoq ushlab turmaslikka harakat qiling. Chaqaloqning bo‘yin qatlamlari, qo‘ltiq va tizza orti chuqurliklari, dumba qismini sinchiklab yuving (B).

8. Cho‘milishning so‘ngida uning kaftlarini sekin ochib, barmoq oraliqlarini yuving.

9. Chaqaloqni tog‘oradan bir qo‘lingiz bilan olib, ikkinchi qo‘lingiz bilan esa uning boshini orqaga ketib qolmaslikdan ushlab turing (G). Uni darhol yumshoq sochiqqa o‘rab quriting.

10. Kindik qismini tibbiy paxta tamponi bilan quriting.

11. Burun teshiklarini buralgan paxta tamponlari bilan quriting.

12. Chaqaloqqa yangi taglikni kiydirgach, toza choyshabga

Maqola O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va "Sog‘lom avlod uchun" xalqaro xayriya jamg‘armasi mutaxassislari tomonidan tayyorlandi.

9 ta ovoz

Ovoz berish:
1 2 3 4 5

SHARE

Komment qoldirish