SIZ ONA BO‘LDINGIZ...

SIZ ONA BO‘LDINGIZ...

825
3

Farzand tabiatning eng oliy ne’matidir! Onalik – ulug‘ baxt! Dilbandingizning to‘rt muchasi salomat, ma’nan va jismonan sog‘lom bo‘lib ulg‘a¬yishi ko‘krak sutiga nihoyatda bog‘liqdir.

Qo‘yida Sizga bermoqchi bo‘lgan ko‘rsatma va maslahatlarimiz zurriyodingizning uzoq muddat va maroqli ko‘krak suti bilan emizishingizga yordam beradi. Unutmang¬ki, bolangiz uchun ona sutidek bebaho ne’mat yo‘q!

1-maslahat

Farzandingiz dunyoga kelishi bilanoq unga mehr ila ko‘kragingizni tuting! Bu harakatingiz emizish jarayonida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan ko‘pgina muammolarni bartaraf etadi. Tug‘ruqdan keyingi samimiy yaqin muloqot jigarbandingiz bilan o‘rtangizdagi bir umrlik eng nozik uzviy munosabatlarni shakllantiradi. Yodingizda bo‘lsinki, og‘iz suti tarkibida mavjud bo‘lgan moddalar bolangizni ko‘pgina yuqumli kasalliklardan asraydi.

2-maslahat

Farzandingizni ko‘kragingizni tutguningizga qadar shisha idishdan yoki boshqa usullar orqali ovqatlantirishga yo‘l qo‘ymang! Mehr bulog‘i atalmish tabiat in’om etgan ona suti chaqaloqning ov¬qat hazm qilish tizimi tabiiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir etishida tibbiyotda isbot etilganidan voqif bo‘¬ling!

3-maslahat

Bolani ko‘krakka to‘g‘ri tutishga odatlaning. O‘zingizga qulay holatni tanlab o‘tirib yoki yonboshlab emizishingiz mumkin. Muhimi, siz ham, chaqalog‘ingiz ham o‘zingizni erkin va qulay his qilmog‘ingiz lozim.

Go‘dagingizni ko‘krakka to‘g‘ri tutishning quyidagi 4 jihatiga amal qiling:

? chaqaloqning boshi va tanasi bir to‘g‘ri chiziqda joylashgan bo‘lishi;

? chaqaloqning yuzi ko‘krakka qaragan, burni esa ko‘krak uchi sathida joylashgan bo‘lishi;

? chaqaloqni ona tanasiga yaqinroq tutish;

? yangi tug‘ilgan chaqaloqning faqat boshi va yelkasini emas, balki butun tanasini tutib turish lozim.

Ko‘krakka to‘g‘ri tutilganda uning qora qismi va so‘rg‘ichi chaqaloqning og‘ziga to‘liq joylashishi lozim. Natijada, chaqaloqning og‘zi ko‘krak bilan to‘lib turadi va so‘rganda havo yutmaydi.

4-maslahat

Farzandingiz bilan bir xonada yonma-yon bo‘lishingiz nihoyatda muhimdir. Bu muhitda bir-biringizga moslashib, ko‘¬nikmalaringiz oson kechadi. Dilbandingizning yangi-yangi chiqarayotgan harakatlarini tez anglab, o‘z vaqtida e’tibor berasiz. Bolangiz ehtiyojiga ko‘ra ko‘krakni istagan vaqtida emish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

5-maslahat

Farzandingiz iligi butun, baquvvat bo‘lib ulg‘ayishi avvalo sizning quvonchingiz! Shunday ekan, chaqalog‘ingiz hayotining dastlabki 6 oyi davomida faqat ko‘krak suti bilan boqishingiz g‘oyat katta ahamiyat kasb etishi e’tiboringizda bo‘lsin. Bu davrda chaqalog‘ingiz suvga ehtiyoj sezmaydi. Chunki, ona suti tarkibining 87-90 foizini suv tashkil etadi. Agar bolaga suv berilsa, u shu suv hajmiga teng miqdorda ko‘krak sutini kamroq emadi.

6-maslahat

Chaqalog‘ingiz xohishiga qa¬rab, istagan paytida emizing. Dilbandingizning yig‘isi, bezovtaligiga e’tiborli bo‘ling! Chaqalog‘ingizning emishga bo‘l¬gan ehtiyojiga ishora bo‘luvchi holatlarni tez va to‘g‘ri ilg‘ab olishga harakat qiling.

Masalan, bola uyqusida boshini burib og‘zini ochishi, yig‘lamasdan tilini harakatlantirib ko‘krakni izlaganday bo‘lishi mumkin.

7-maslahat

E’tiboringizda bo‘lsin, emizish vaqti davomiyligini chaqaloqning o‘zi boshqaradi. Farzandingiz to‘yib emmagunicha unga xalaqit bermang. Shoshilmasdan go‘dagingizning istagiga ko‘ra harakat qiling.

8-maslahat

Bolangiz birinchi ko‘krakni emib bo‘lmagunicha ikkinchi ko‘k¬rakni tutmang. Chunki, ko‘krakni tez-tez almashtirish oqibatida bola keyingi, ya’ni yog‘li sutni emib olishga ulgurmay qoladi. Buning oldini olish uchun quyidagi amalga rioya qiling: bir ko‘krakni 2-3 soat davomida berib, so‘ngra ikkinchi ko‘krakni berishni boshlash lozim.

9-maslahat

Bolangizning tunda ham emish imkoniyatiga ega bo‘lishi g‘oyatda muhimligiga ahamiyat bering. Dilbandingiz bilan bir o‘rinda yonma-yon yoting! Onaning hidi, nafasini his qilib yotgan go‘dak tinch va to‘yib uxlaydi.

10-maslahat

Farzandingizni ko‘krak suti bilan parvarishlayotgan ekansiz, unga hech qanday rezina so‘rg‘ich bermang! Uni shisha idish orqali ovqatlantirmang! Yodingizda bo‘lsinki, ba’zi bolalarni bir marotaba shisha idish orqali ovqatlantirish uni ko‘k¬rakdan bosh tortishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday vaqtda ko‘proq emizishga harakat qi¬ling.

11-maslahat

Shamollab qolgan taqdiringizda ham bolangizni ko‘krakdan ayirmang, aksincha bunday vaqtda ko‘proq emizishga harakat qiling.

12-maslahat

Sizga emizishdan oldin, ke¬yin ko‘kragingizni yuvishingiz yoki biror-bir tarzda qayta ishlov berishingiz aslo tavsiya etilmaydi. Chunki, ko‘krak tez-tez yuvilsa, uning himoya qavati yup¬qalashib, so‘rg‘ichi osongina jarohatlanishi mumkin. Har kuni yoki kun ora dush qabul qilish ko‘krakni toza tutishda yetarlidir.

13-maslahat

Farzandingiz yoshiga yetdi. Lekin uni ko‘krakdan ajratishga harakat qilmang. Bolangizni 2-3 yoshgacha emizishingiz maqsadga muvofiqdir. Chunki bola shu yoshga yetgachgina ona sutidek bebaho ne’matdan to‘laqonli bahramand bo‘la oladi. O‘zi uchun qadrli bo‘lib qolgan ko‘krakdan ajralishiga ruhan va jismonan tayyor sanaladi.

14-maslahat

(xulosa o‘rnida)

Siz ona bo‘ldingiz! Farzandingizni ko‘krak suti bilan to‘g‘ri parvarishlash bo‘¬yicha ma’lum ko‘nikmalarga egamisiz? O‘rganishdan uyalmang, erinmang! Chunki tajriba o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi.

Agar farzandingizni emizish bilan bog‘liq har qanday savol tug‘ilsa, tibbiyot xodimlariga murojaat qiling.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari tomonidan tayyorlandi.

1 ta ovoz

Ovoz berish:
1 2 3 4 5

SHARE

Komment qoldirish