HOMILADORLIK VA AYOL SALOMATLIGI

HOMILADORLIK VA AYOL SALOMATLIGI

2037
20

Hayot davomiylikni talab qiladi. Tug‘ilish, ko‘payish... Bu davomiylikda inson eng katta o‘rinni egallar ekan, buning uchun tug‘ilish muhim omil hi- soblanadi. Farzandli bo‘lish insonga berilgan eng katta niyat, xohish va ne’matdir. Murg‘ak go‘dakning vaqti kelib farzand kutishi — hayot charxpalagi. Inson nasl qoldirishi lozim ekan, bunda salomatlik benihoya muhimdir.

Sog‘lom farzand sog‘lom kelajak asosi hisoblanadi. Sog‘lom kelajak esa millatning, xalqning qudrati va buyukligidir. Sog‘lom farzand kutayotgan ota-ona avvalo o‘z salomatligiga amin bo‘lishi, zarur holatlarda ta’minlashi kerak. Bola salomatligi nechog‘li ahamiyatli bo‘lsa, homilador ayolning salomatligi shunchalik e’tiborga molik ekanligini unutmasligimiz lozim. Bo‘lajak ona kechirayotgan sog‘lom turmush tarzi to‘laligicha bolaga ta’sir etadi. Shu sababli homilador ayol turmush tarzini nafaqat o‘zi, balki atrofdagilar ham nazorat qilib borishlari shart.

Homilador ayol salomatligida sog‘lom turmush tarzini birlamchi talab darajasiga qo‘yar ekanmiz, avvalo homilador ayol uchun sog‘lom turmush tarzi qanday bo‘ladi, degan savolga javob berishimiz lozim.

Sog‘lom turmush tarzi barcha insonlar uchun bir xil qoidaga asoslangan va bularga qat’iy rioya qilish sog‘lom turmush tarzining butunligini tashkil etadi. Shu o‘rinda talablarni aynan homilador ayollar uchun eslatib o‘tishni o‘rinli deb topdik. 

Homilador ayolning uyqusi, uyg‘oq vaqtidagi harakati, ovqatlanishi va mazmunli hordiq chiqa- rishining rejimi, atrofdagilar bilan munosabati, yashayotgan muhitning ekologik tozaligi, xullas, bir inson uchun zarur bo‘lgan kundalik ehtiyojlarning risoladagidek bisyorligi, asabiylik va dilxiraliklarga sabab bo‘ladigan holatlarning mu- stasnoligi sog‘lom turmush tarzi hisoblanadi.

Sog‘liqning birinchi sharti — tozalik sanaladi. Turar joy, atrof-muhit, kiyinish, a’zolarning ozodaligiga e’tiborli bo‘lish bilan inson tozalik qoidalariga amal qilgan bo‘ladi.

Tartib — salomatlik manbalari sirasiga kirib, tartibli inson boshqalar nazarida ham, o‘ziga nisbatan ham hurmatli hisoblanadi. Tartibning o‘rni nimada? Avvalo, kun tartibi. Insonning uyquga yotishi va turishi, ovqatlanishi, biror foydali ish bilan shug‘ullanishi, dam olishini ma’lum rejim asosida tartibga solishi uni besamar vaqt o‘tkazmasligini ta’minlaydi va kunini tartibli o‘tkazadi. Kun tartibiga muntazam rioya qilish kishi hayotida faollik va samaradorlikni oshiradi.

Tozalik va tartib bir butunlikda «Sog‘lom turmush tarzi»ni yuzaga keltiradi.

Sog‘lom turmush tarziga ega bo‘lgan ayolgina homiladorlik davridan muvaffaqiyatli o‘tib, sog‘lom farzandni dunyoga keltira oladi. «Qaysidir kamchilik yoki qiyinchilik bilan homiladorlik davrini o‘tagan ayol ham sog‘lom farzand dunyoga keltirishi mumkin-ku!» degan xitob ko‘nglingizdan o‘tishi tabiiy. To‘g‘ri, siz o‘ylagan vaziyatda ham bola sog‘lom tug‘ilishi mumkin, ammo jismoniy sog‘lom degani ruhan barkamol degani emas, bu — birinchidan. Ikkinchidan, homiladorlik dan keyin onaning salomatligi ham suv va havodek zarur. Nasl qoldirish ilinjida o‘z salomatligidan kechayotgan ayollar ham oz emas. 

Homiladorlik asorati bilan ayolda kamqonlik oshib ketishi yoki asabiy ahvolga tushib qolishi aynan sog‘lom turmush tarzining mavjud emasligi oqibatidir.

Homilador bo‘lguncha sog‘lom turmush tarziga rioya qilib yashash ayol kishini salomatligiga hissa qo‘shadi va aytish mumkinki, bunday qoidaga o‘rgangan ayolda homiladorlik ham, salomatlik ham, onalik ham o‘zining go‘zal ko‘rinishini namoyon etadi. Homilador ayol bir jihatni unutmasligi lozim va buni o‘z-o‘ziga qoida deb bilsa yanada yaxshi. Ya’ni, homila sog‘lom bo‘lsa uning ona qornida rivojlanishi muammosiz kechadi. Salomatlik esa takror va takror faqat onaga bog‘liq. Onaning xolis niyatda bo‘lishi, go‘zal narsalarni o‘ylashi, atrofdagilarga muhabbat va mehr bilan munosabatda bo‘lishi, har qanday holatdan hikmat axtarishi lozim. Va ta’kidlash joizki, bu –– homiladorlik psixologiyasining asosiy shartlaridir.

Ayol birinchi navbatda nasl qoldirishni maqsad qilgan ekan, avvalo naslining sog‘lom va barkamolligiga katta e’tibor qaratishi maqsadga muvofiqdir. Sababi, nasl barkamol bo‘lmas ekan, uning faqat borligi hech qanday ahamiyat kasb etmaydi. Buni hech bir ayol yoddan chiqarmasligi zarur. Toki, ular kutayotgan homiladorlik butun oilaga birdek katta quvonch olib kelsin.

6 ta ovoz

Ovoz berish:
1 2 3 4 5

SHARE

Komment qoldirish


    Bildirilgan fikrlar