Radio va teleko’rsatuvlar

Radio va teleko’rsatuvlar

415
5

Bolalarning radio va teleko’rsatuvlarga xaddan ziyod berilib ketishi xam ota-onalar uchun jiddiy muammolar tug’diradi.

Birinchidan,  bola kuch ishlatilgan saxnalardan qo’rqishini, uxlashga qiynalishini, kechasi yomon tushlar ko’rib chiqishi mumkin. Bu ko’pincha olti yoshgacha bo’lgan bolalarda ro’y beradi. Shuning uchun bu bosqichda bola kriminal ko’rsatuvlarni ko’rmagani ma’qul.

Gap faqat bolaning xayoli buzilishidagina emas, balki u xavotirga, tashvishga tushib qolishi, qattiq bezovtalanishi mumkin. Agar bola ta’sirchan bo’lsa, kattaroq bo’lganidan keyin xam bunday ko’rsatuvlarni ko’rish, eshitish yaxshi natijalarga olib kelmaydi. Necha yoshda  bo’lishidan qat’iy nazar, bola ko’p qo’rsa va bezovtalansa, ota-ona unga ko’rqinchli lavxalarni ko’rishini ta’qiqlab qo’yishi va bu ishni nima uchun qilayotganini tushuntirib berishi kerak.

Yana bir muammo uyga kirishi bilan televozr qarshisiga cho’kadigan, xatto uxlash paytini kelganida xam joyidan jilishni istamaydigan bolalar bilan bog’liq. Ular dars tayyorlash, ovqatlanish, xatto oila a’zolari bilan so’rashishi xam vaqt ajaratishga og’rinadilar. Bunday xollarda  ota-onadan farzandlariga vaqtni reja asosida bo’lib berish va dars tayyorlash, ovatlanish, uy ishlariga ko’maklashish va televizor ko’rish uchun ajratilgan vaqtlarni suiste’mol qilimasligini qat’iyat bilan uqtirish va nazorat qilish talab qilinadi.

Shunda xam bola faqat televizor, radio ko’rshuvida yashab , xayotga beparvo bo’lib qolaversa, ta’qiqlashlaringiz tufayli siz bilan tortishsa, uning maktabidagi vaziyatni o’rganing. O’qituvchisi bilan maslaxatlashib, bolaning o’qish, o’rganishga bo’lgan qiziqishini kuchaytirishga yordam berishini so’rang. Farzandingizga yoshi va fe’l- atvori mos keladigan tartibli do’stlar topishda yordam bering. U o’zini yolg’iz sezmasligi, do’stona suxbatlar va o’yinlardan zavq olishi kerak. Shunda ekrandagi sun’iy xayot ta’siridan chiqib, real xayotga kirib boradi. Rivojlanishga xarakat qiladi.

Ba’zi ota-onalar bolasi televizor qarshisiga o’tirishi bilan koyishga tushishadi. Bola esa ularning yonida televizorni o’chirib qo’yib, ishga chalg’ishlari bilan yana yoqib oladi. Ayrim o’quvchilar va kattalar radioda musiqiy eshittirish berilayotgan bo’lsa, uni tinglab ishlashni undalaydilar. Agar bola shunday xolatda dars tayyorlashni uddalayotgan bo’lsa, qarshilik ko’rsatish kerak emas.

Bola darsini vaqtida tayyorlasa, do’stlari bilan yetarlicha o’ynasa, kechki ovqatga vaqtida kelsa, vaqtida uxlashga yotsa va ko’rqmasa, kechqurun televizor va radio qoshida istaganicha o’tirishi mumkin. Buning uchun uni urishib ranjitish yaramaydi. Bunday usul bilan uni tartibga o’rgatib bo’lmaydi, aksincha, o’zingizga qarshi qilib qo’yasiz. Televizor yoki radioni o’chirish xaqidagi noo’rin safsata, garchi siz o’zingizga xaq bo’lib tuyulsangiz ham, bolaning jig’iga tegishiniva xatto xarakteri o’zgarib ketishiga olib kelishi extimoli borligini ham tushuning. Yana shuni tushunnishingiz kerakki, bolalar bir-birlari bilan o’rtoqlashadi, xuddi siz tengdoshlaringiz bilan iqtisod, siyosat xaqidagi muloxazalaringizni muxokama qilganingizday.

Bolaning istagini xurmat qiling, o’z xoxishingizni inobatga olib, u ko’rayotgan dasturni boshqasiga o’zgartirmang. Oilaning boshqa a’zolari bolalar ko’rsatuvlarini ko’rishni yoqtirmasa, iqtisodiy sharoitingiz to’g’ri kelsa, uning xonasiga aloxida televizor olib bering. Manba ( Xademay ona bo’lasiz)

1 ta ovoz

Ovoz berish:
1 2 3 4 5

SHARE

Komment qoldirish