SHIFOKOR HUZURIGA QACHON BORISH LOZIM?

SHIFOKOR HUZURIGA QACHON BORISH LOZIM?

622
0

Sizga mubolag‘a tuyulishi tabiiy, ammo vrach huzuriga qa- chon borish homiladorlik oldi- dan nafaqat ayollar uchun, balki oila, to‘g‘rirog‘i erkak kishi uchun ham nihoyatda dolzarb masala hisoblanadi. Chunki tibbiyot mutaxassisining tekshiruvi hech qachon inson salomatligiga qarshi qaratilmaydi. Ammo tan olib aytishimiz kerakki, odatda ayollar homiladorlik va vrach ko‘rigi xususida so‘z yuritishganda, ko‘p hollar- da «Homilador bo‘lib qolibman, shekilli», deb vrachga ko‘rinishadi. Davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan sog‘lom onalik va sog‘lom bolalik esa aynan ayollarning o‘ziga kech yetib boradi. Aslida, homiladorlik ostona- sida vrach huzuriga borish shart va hatto ikki karra shart! Xo‘sh, buni qachonga mo‘ljallash kerak? Aslida ayol kishi ona bo‘lishni maqsad qilishi bi- lan vrach huzuriga borishi tavsiya etiladi. Bugungi kunda «Nikoh va oila» markazlari tomonidan joriy qilingan nikoh oldidan yoshlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishning negizida ham aynan sog‘lom onalik yota- di. Onalik ostonasidagi ayollar, nafaqat yosh oila bekalari, balki ikkinchi, uchinchi farzand xohishi- dagi ayollar ham ekanligini hisobga olsak, bu borada umumiy xulosa berishga to‘g‘ri keladi.

2 ta ovoz

Ovoz berish:
1 2 3 4 5

SHARE

Komment qoldirish