Bolalar uchun sarguzasht filmlar

Bolalar uchun sarguzasht filmlar

1106
0

Sarguzasht filmlar xam bolani xuddi kriminal ko’rsatuvlar singari uziga jalb etadi. Agar shaxarda yashasangiz, qo’shnilaringiz yoki oilaviy do’stlaringiz bilan birga bolalaringizni olib, kinoteatrga tushing. Bu birinchidan, bolalarning kayfiyatini ko’taradi. Ikkinchidan, ota-ona bilan bolalar o’rtasidagi do’stlikni mustaxkamlaydi. Uchinchidan, bolaga ko’rganlarini taxlil qilib berish, uning tarbiyasini to’g’ri tarafga yo’naltirish imkoniyatiga ega bo’lasiz.
Ammo kechki seanslarga bolani olib tushish maqsadga muvofiq emas. Bundan tashqari, kinoteatrga xaftasida bir martadan ko’p olib bormang. Chunki sog’lik nuqtai nazaridan olib qaraydigan bo’lsak, kinoteatr bolalar uchun ma’qul joy emas.
Mabodo qishloqda istiqomat qilsangiz va yashab turgan joyingizdan kinoteatr bo’lmasa, hammasini uyingizda tashkil qiling. Hozirgi paytda deyarli har bir xonadonda videomagnitafon yoki DVD bor. G’oyaviy jixatdan tarbiyalovchi filmlar SD va audio tasmalar olib kelib, aloxida kayfiyatda bola bilan birga tomasha qiling. Iloji bo’lsa, yoniga tengdosh o’rtoqlarini ham chaqiring. Ko’rganlaringizni birgalashib muxokama qiling.
Yetti yoshgacha bo’lgan bolalarga kino unchalik ma’qul variant emas. Yaxshisi, ularga atab qiziqarli multfilmlar sotib oling. To’rt-besh yoshdagi bolalar real hayot bilan filmlar voqealarining unchalik farqiga borishmaydi. Ular uchun ekrandagi voqealar hayotda sodir bo’layotganday gap. Shuning uchun multfilm tanlashda ham e’tiborli va extiyotkor bo’ling!

1 ta ovoz

Ovoz berish:
1 2 3 4 5

SHARE

Komment qoldirish