2016 -yil

2016 -yil

 “Ona va bola sog‘lom bo‘lsa, oila baxtli,

oila baxtli bo‘lsa, jamiyat mustahkam bo‘ladi”.

O'zbekistonning 1- Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan joriy yilning “Sog‘lom ona va bola yili” deb e’lon qilinishi xalqimiz tomonidan zo‘r mamnuniyat bilan qarshi olindi. Mustaqillik yillarida jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk avlodni tarbiyalash, yosh avlodga chinakamiga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish borasidagi ishlar davlat siyosati darajasiga olib chiqildi.

Farzandlarimiz va xalqimizning baxti uchun, kelajagimiz uchun qilinayotgan bu ezgu ishlar izchillik bilan davom etib, tobora kengayib borayotgani, yuksak samaralar berayotgani quvonarlidir.

Onalari va bolalari sog‘lom hamda baxtiyor xalqning ko‘ksi baland, ruhiyati yuksak bo‘ladi. Shu ma’noda bo‘lg‘usi onalarning sog‘lig‘iga e’tibor qaratish sog‘lom farzand dunyoga kelishida muhim ahamiyat kasb etadi. Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 23 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida ham bu jihat yorqin aks etgan: “Haqiqatan ham, bolaga e’tibor bo‘lajak onaga e’tibor qaratishdan boshlanishi kerak. Chunki, homilador ayolga ayolning ruhiy-fiziologik holati, barcha his-tuyg‘ulari, kayfiyati ona vujudi orqali bolaga o‘tadi. Bundan xulosa shuki, bolani e’zozlash uchun avvalo onani e’zozlash kerak. Bu borada barchamiz mas’ul ekanlimizni unutmasligimiz zarur”.

Xalqimizning asriy an’analarini hisobga olib, “Ona va bola sog‘lom bo‘lsa, oila baxtli, oila baxtli bo‘lsa, jamiyat mustahkam bo‘ladi” degan hayotbaxsh qadriyat va olijanob g‘oya jamiyatda chuqurroq anglab yetilishi va qaror topishiga yo‘naltirilgan ishlar zamirida oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish, jamiyatda onalarga alohida hurmat-ehtirom muhitini shakllantirish, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash kabi ezgu g‘oyalar yotadi.

Bu yorug‘ olamda hayot bor ekan, oila bor. Oila bor ekan, farzand deb atalmish bebaho ne’mat bor. Har qaysi ongli inson jondan aziz farzandining baxtini, kamolini o‘ylab, hamisha ezgu orzu-intilishlar bilan yashaydi, o‘z zurriyotining har tomonlama sog‘lom va barkamol bo‘lishini istaydi.

 

Sog‘lom bola, sog‘lom avlod orzusi ajdodlarimizdan bizga o‘tib kelayotgan, qon-qonimizga singib ketgan azaliy intilishdir. Agar ota-bobolarimizning turmush va tafakkur tarziga nazar solsak, ular insonning nasl-nasabiga, yetti pushtining tozaligi, avlodning sog‘lig‘iga juda katta e’tibor berganini ko‘ramiz.

      Sog‘lom ona va bola yilida milliy qadriyatlar, an’analarning bardavom bo‘lishi va onalar va bolalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish yurt va millat kelajagi yo‘lidagi ishlarning izchil davomi hisoblanadi.

 

SHARE

Komment qoldirish